Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov “Mirzacho‘l” MFYda mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, yoshlar masalalari hamda aholi murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov tomonidan tumandagi “Yangi hayot” MFY hududida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlari ijrosi hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
HUDUDLARDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining “9–Nurafshon” saylov okrugi deputati M. Toshmurodov tomonidan Nurafshon mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati
янв.21
Депутат фаолиятидан
янв.21
Депутат фаолиятидан
янв.21
Депутат фаолиятидан
янв.21
Депутат фаолиятидан
Deputat tashabbusi bilan qabristonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanaev tomonidan tumandagi Jarquduq mahallasida aholi bilan hamkorlikda qabriston hududini obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

🔘Mazkur xayrli tashabbus doirasida qabriston hududi tartibga keltirilib, tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarning taklif va istaklari inobatga olinib, qabristonga yangi darvoza o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu tashabbus mahalla aholisining birligi, hamjihatligi va muqaddas qadamjolarga bo‘lgan hurmatining amaliy ifodasi bo‘lib, hududni yanada obod va ko‘rkam etishga xizmat qilmoqda.

🔘Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4