Deputat so‘roviga rasmiy javob
Chilonzor tumani 18-«Guliston» saylov okrugi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan «Guliston» mahallasi hududida joylashgan foydalanilmayotgan futbol maydonini rekonstruksiya qilish, sun’iy yashil qoplama yotqizish va zamonaviy yoritish tizimi o‘rnatish yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur so‘rovga Tuman hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K. Xamraev tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.
Javob xatida ushbu masala belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.
Deputat tomonidan masala ijrosi nazoratga olingan .