Yangiliklar

Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi

 Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi   

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q.Xoshimov Jo‘rak mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla raisi hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar haqida ma’lumot berdi. Xususan, ko‘chalardagi simyog‘ochlar hamda elektr kabellari eskirgani sababli aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelganini ta’kidladi. Mahalla tashabbusi bilan mazkur infratuzilma yangilanib, beton ustunlar va kabellar almashtirilgani bildirildi. Hozirgi kunda yangi elektr liniyasini umumiy tarmoqqa ulash masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Ushbu masala yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi hamda muammoni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish ta’kidlandi.  

Slide 1 of 4