Joriy yilning 3-dekabr kuni Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining navbatdagi 2-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va tarkibini tasdiqlash, Xalq deputatlari tuman Kengashida ish yuritish
bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi. Sessiya
yakunida kun tartibidagi hamda qo'shimcha masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalari, takliflarini qo’shgan holda
qarorlar qabul qilindi.