1983 — 1992 yillar oralig‘i BMT tomonidan Xalqaro nogironlar o‘n yilligi etib belgilangan edi. Mazkur o‘n yillik yakunida, 1992 yil 14 oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan. Shu yildan buyon, har yili ushbu kunda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bayram tadbirlari o‘tkazilib, moddiy ko‘maklar beriladi. Bu kunda O‘zbekistonda ham tizimli xayriyalar va tadbirlar uyushtiriladi. 3-dekabr-Xalqaro nogirinlar kuni munosabati bilan Andijon viloyati Bòston tumani Kengashi deputatlari Dexqonobod va Gulshan mahallalaridagi nogironligi bor fuqarolarni habar òldilar.