Tadbir davomida aholining bozordagi mahsulotlar bilan ta’minlanish holati, narx-navo barqarorligi, omborlardagi zaxira va mavsumiy tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
🟩 Shu bilan birga, bosqichma-bosqich yangilanayotgan dehqon bozoriga qarashli mol bozori faoliyati ham o‘rganildi. O‘rganish jarayonida chorvachilik mahsulotlari narxlari, bozor infratuzilmasi, sanitariya-gigiyena holati va aholiga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
👥 O‘rganish ishlarida Jizzax viloyat va Mirzachoʼl tuman Kengashi deputatlari – Azimova Saboxat Burxonovna va Axmedov Jamol Abdujalilovich hamda faollar, OAV vakillari ishtirok etdilar.
✅ Tadbirning maqsadi — aholiga qulaylik yaratish, bozorlardagi mahsulotlar sifati va narx barqarorligini ta’minlash hamda mavsumiy ehtiyoj mahsulotlarini yetarli miqdorda zaxiralashdir.