KENGASH FAOLIYATI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021-yil 2-noyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 1563-IV-sonli qarori hamda “O‘zbekiston-2030” strategisyasiga asosan (67-maqsad) ekologik vaziyatni barqarorlashtirishda hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlarda Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari hamda kotibiyat xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi