Сессия кун тартибида:
1. Sektorlar, hududdagi tashkilotlar raxbarlarining murojaatlar bilan ishlash, fuqarolarning sayyor qabullari yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
2. Mirzacho‘l tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orilishini yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida;
3. 2025 yilda Mirzacho‘l tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida;
4. O‘zbekiston Respublikasi “Maxalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunining 24-moddasiga asosan tuman prokuraturasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
5. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunining 13-1-moddasi ijrosi yuzasidan huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
6. Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari xisobidan 2024 yil davomida ajratilgan mablag‘larning sarflanishi to‘g‘risida;
7. 2024-yil davomida amalda o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan hisoboti hamda 2025-yil erkin qoldiq mablag`i hisobidan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga mablag ajratish to‘g‘risida;
8. Xalq deputatlari tuman Kengashi va doimiy komissiyalarining 2025-yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa kun sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.