KENGASH FAOLIYATI :
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga 8 ta masala kiritilgan bo'lib. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3182-sonli hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-4102-qarorlarining ijrosi yuzasidan tuman sektor rahbarlarining hisobot va ma'ruzalarini tinglab, sessiyada muhokama qilinib va deputatlar tomonidan bildirilgan taklif, fikr-mulohazalarni inobatga olinib bir ovozdan tasdiqlandi.
📌 Sessiyaning to'liq ishini Kengashning youtube sahifasi orqali kuzatishingiz mumkun.
✍️Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi