Seminar davomida tomorqa maydonlaridan unumli foydalanish, ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda suvdan tejamkorlik bilan foydalanish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan o‘zaro tajriba almashilib, tomorqa orqali qo‘shimcha daromad manbaini shakllantirish, issiqxona tashkil etish va mavsumiy mahsulot yetishtirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur seminar aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.