#Deputat_faoliyati
“Qonun ustuvorligi – adolatli va shaffof tizim kafolati”
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Mirzakulov Shoxrux Urinovich tomonidan tibbiyot xodimlari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Qonuni-768-sonli “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining Qonuni-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.
Uchrashuv davomida transplantatsiya jarayonida qonuniylik, shaffoflik va tibbiy etikaga rioya etish, shuningdek, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, halollik va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)