Xususan, Gulzor MFYga olib boruvchi yo‘lda 1,50 km masofada asfalt qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur loyiha 1 milliard 250 million so‘mlik shartnoma asosida amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda maxsus texnikalar jalb etilgan holda yo‘lni tekislash va asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘l foydalanishga topshirilgach, hudud aholisi uchun transport qatnovi yanada qulaylashadi.
Mazkur ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.