27-mart kuni Mirobod tumani hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Mirobod tumani kengashining navbatdagi 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida deputatlar, hokim o‘rinbosarlari, tegishli idora-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish, aholi, jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash kabi 10 ga yaqin masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarining axborotlari tinglandi.
Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar fikri tinglanib, qarorlar qabul qilindi.