Mirobod tumani hokimi tomonidan ilm-fan va xalqaro maydondagi yuksak yutuqlari bilan yurtimiz
sha’nini munosib himoya qilgan 5 nafar iqtidorli yosh faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Ular 2025-yil noyabr oyida AQShning nufuzli Yale universitetida bo‘lib o‘tgan “World Scholar’s Cup”
xalqaro tanlovining global final bosqichida ishtirok etib, oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
Bu yutuqlar yoshlarimizning bilimga chanqoqligi, qat’iyati va maqsad sari dadil intilishining yorqin
namunasidir. Bunday e’tirof va rag‘batlar ularni yanada katta marralar sari ruhlantirishi shubhasiz.
Iqtidorli yoshlarimizga ulkan zafarlar, yangi cho‘qqilar va doimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!