Bugun, 29-dekabr kuni, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining III chaqiriq, 18-sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada 2026-yil uchun tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi va mahalliy byudjet tasdiqlandi, soliq stavkalari bo‘yicha qarorlar qabul qilindi hamda “Ayollar daftari” doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar doirasida Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi raisi saylanib, mahalliy Kengashlar rolini kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam qo‘yildi.