Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MIRBOD TUMANIDA FURQAT MAHALLASI AHOSLISI BILAN SHAHAR HAMDA TUMAN DEPUTATLARI UCHRASHUV O‘TKAZDILAR
янв.21
"OILA MUSTAHKAMLIGI UCHUN BARCHAMIZ MAS’ULMIZ!"
янв.21
MIROBOD TUMANIDA “DEPUTAT VA TADBIRKOR MULOQOT FORUMI” O‘TKAZILDI
янв.21
MIROBOD TUMAN DEPUTATLARI “SOG‘LOM OILA UCHUN BIRLASHAYLIK” OMMAVIY SPORT TADBIRIDA FAOL ISHTIROK ETDILAR
янв.21
MIROBOD TUMANI BANOKATIY MAHALLASI AHOLISI BILAN DEPUTATLAR UCHRASHUV O‘TKAZDILAR
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 7-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!
янв.21
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!
янв.21
MIROBOD TUMANIDA O‘RGANISH TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA
янв.21
MIROBOD TUMANIDAN SAYLANGAN DEPUTAT F.MUXITDINOVA QO‘MITA MAJLISIDA ISHTIROK ETDI
"Shahrimiz obodligiga barchamiz masʼul!"

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati S.Donishev tashabbusi va "Jizzax ovozi" gazetasi tahririyati hamkorligida "Shahrimiz obodligiga barchamiz masʼul!" deb nomlangan videoroliklar ssenariysi uchun tanlov eʼlon qilindi. Eng yaxshi, deb topilgan takliflar asosida videoroliklar tasvirga olinib, mahalliy telekanallar va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilishi ham ko‘zda tutilgan. Talablar asosida tahririyatga 20 ga yaqin materiallar kelib tushdi. Ssenariylar o‘rganilib, tahlil qilindi va g‘oliblar aniqlandi. 

4-fevral kuni tanlovning yakuniy taqdirlash bosqichi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tanlovga o‘z ishlarini yuborgan blogerlar, taniqli jurnalistlar qatorida yosh, havaskor ekologlar - maktab o‘quvchilari ham borligi bizni quvontirdi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, o‘zida o‘nga yaqin videorolik ssenariysini jamlagan materiallarni yuborgan Asal va Timur Shuhratovalar g‘olib, deb topildi. G‘oliblarga “Jizzax ovozi” tahririyati nomidan maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi. Kelgusida g‘olib bo‘lgan bolajonlar ishtirokida tahririyat va viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida videorolik tasvirga olinishi rejalashtirildi. 

Slide 1 of 5