Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!
янв.21
MIROBOD TUMANIDA O‘RGANISH TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA
янв.21
MIROBOD TUMANIDAN SAYLANGAN DEPUTAT F.MUXITDINOVA QO‘MITA MAJLISIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHI TOMONIDAN QABUL QILINGAN QAROR MOHIYATINI TUSHUNTIRISH BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 6-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MIROBOD TUMAN DEPUTATI B.BOLTABOYEVA TARG‘IBOT TADBIRIDA ISHTIROK ETDI
янв.21
MIROBOD TUMANI DEPUTATI RIXSIYEVA GULCHEXRA SHAVKATOVNA TASHABBUSLIGIDA XALQARO FORUMI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
MIROBOD TUMANIDA PROKUROR VA DEPUTAT ISHTIROKIDA QABUL O‘TKAZILDI
янв.21
MIROBOD TUMANAN DEPUTATI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI
янв.21
MIROBOD TUMANIDA TOSHKENT SHAHAR XALQ QABULXONASI HAMDA DAVLAT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN SAYYOR QABULDA, DEPUTATLAR ISHTIROK ETDI
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!

Assalomu alaykum, muhtarama ayollar, hurmatli opa-singillar!

Siz, azizlarni, bahor bayrami – "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan chin ko‘ngildan muborakbod etamiz. Sizlarga yuksak hurmat va ehtiromimizni bildiramiz.

Hayotimizning ko‘rki va fayzi, jamiyat va oilaning ustuni bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero sizlar bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz esa nurafshondir.

Sizlar har bir sohada go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelasizlar.

Siz aziz opa-singillarimiz o‘z aql-zakovatingiz, tuganmas mehringiz va fidoyilik bilan doimo barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasizlar. Sizning bilim, tajriba va tashabbuskorligingizga biz har bir ishimizda tayanamiz. Munis opa-singillarimiz Sizning mehnat faoliyatingiz doimo unumli va barakali bo‘lsin.

Yana bir bor go‘zallik va nafosat bayrami bilan samimiy qutlaymiz. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va farzandlaringizning kamolini tilab qolamiz. Bahor kayfiyati siz, azizlarga, doimo hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash kotibiyati!

Slide 1 of 1