Toshkent farmatsevtika institutida Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashi deputati B.X.Boltayeva ishtirokida “Erta turmushni oldini olish va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni oilaga tayyorlash”, “Ayollar huquqlarini himoya qilish” va xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar mavzularida institut talaba-qizlari oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida erta turmush va qarindosh-urug‘ nikohlarining sog‘liq va jamiyatga ta’siri, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ta’lim-tarbiya va ongli yondashuvning ahamiyati haqida fikr yuritildi. Bu kabi tadbirlar oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va yoshlarni ijtimoiy mas’uliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.