Samarqand saylov okrugi, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlaridan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga saylangan deputatlar Sherzod Tuxtashov hamda Diyor Xusenovlar tumandagi Ravot, Zangiboyi, Iskandari, Qorag'uppa, Quqoni, Jag'alboyli mahallalarida bo'lib, mahalla faollari bilan uchrashdi.
"Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv jarayonida
fuqarolar turmush tarzini yaxshilash borasida, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan suhbat qurildi. Bundan tashqari mahalla hududida joylashgan tadbirkorlar bilan uchrashildi.