Yig‘ilishda “Ayollar daftari”ga doir masalalar ko‘rib chiqilib, shu kungacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi. Sektor rahbarlari tomonidan mahalla yettiligi va xotin-qizlar faollariga 2024 yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik to‘g‘risida keng qamrovli tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish davomida hokimning oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Feruza Madaminova tomonidan xatlov olib borayotgan ishchi guruhlarga “Ayollar daftari”ning 6 ta toifasi birma-bir izohlab tushuntirildi.
Hozirda barcha mahallalarida ishchi guruhlar tashkil etilib, har bir ko‘cha, ko‘p qavatli uylar bo‘yicha ro‘yxatlar shaklantirilgan