Tashrif davomida:
o‘quvchilarning davomati tekshirildi;
ta’lim jarayonining tashkil etilishi o‘rganildi;
sinf xonalari va maktabdagi umumiy shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning sport bilan shug‘ullanishi, mavjud sport infratuzilmasi hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida:
sport maydonchalari va jihozlar holati;
o‘quvchilarning sportga jalb etilish darajasi;
ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari
atroflicha tahlil qilindi.
Maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazilib, o‘qituvchilar va rahbariyatning fikr-mulohazalari tinglandi.
Suhbat davomida ta’lim sifati, o‘quvchilar intizomi, sportni rivojlantirish hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Mazkur o‘rganish ishlari ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda sportni rivojlantirishga xizmat qiladi.