Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat F.A.Muxitdinova “Yangi zamon” MFYda “mahalla yettiligi” a’zolari bilan ijtimoiy soha yo‘nalishlariga oid muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Deputat mahalla raisi Mastura Sarikova, yettilik a’zolari bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha namunaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 450-sonli va 2026-yil 29-yanvardagi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-sonli qarorlari ijrosi to‘g‘risida tushuncha berdi.
Suhbat jarayonida Xalq deputatlari Mirobod tumani Kengashining sessiyasida Mirobod tumanidagi ichki xo‘jalik yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlagan qarori haqida ma’lumot berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/