Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Deputat o‘z ish joyida fuqaroni qabul qilib, muammosini hal qildi”
янв.21
“Deputat mahalla raisi va aholisiga bergan va’dasida turdi”
янв.21
“Deputat muammoni hal qildi”
янв.21
“Deputat sport maktabi faoliyatini o‘rgandi”
янв.21
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining “Haftalik ish rejasi” ijrosi bo‘yicha deputat F.A.Muxitdinova “Yangi zamon” MFYda “mahalla yettiligi” a’zolari bilan ijtimoiy soha yo‘nalishlariga oid muammolarni 24 ta tavsiyaviy so‘rovnoma asosida o‘rganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Qabuldan so‘ng fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ayrim masalalar Mirobod tumani prokurori B.Abdullayev, Mirobod tumani IIOFMB boshlig‘i U.Nastitdinov, tuman hokimining o‘rinbosari F.Najmitdinov va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati A.Karimov va “Yuksalish” MFY raisi I.Arinov bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Mirobod tumani prokurori, IIOFMB boshlig‘i, xokim o‘rinbosari, “MADAD” NNT va deputatning birgalikdagi qabuli”
янв.21
"Yoshlar - kelajak bunyodkori, "Adolatchi yoshlar" - adolatli jamiyat kafolati!
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida deputat mahallada oilalar muamollarini o'rgandilar
янв.21
Haftalik ish rejasi doirasida deputat “Bayot” mahallasida
Chinoz tumani. Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiyada ko'rib chiqildi

Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Chinoz tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limining o'rinbosari S.Babasaidovning hisoboti, Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh.Ruzi-Qoriyevning hisoboti, tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi I.Bektoshevning hisoboti, doimiy komissiya raislari hamda tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlarining axborot va hisobotlari eshitildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar O.Dadajonov, A.Baxramov, E.Saidovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Elyorjon Saidov

Doimiy komissiya a’zosi

Slide 1 of 3