Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессияда қабул қилинган қарор ижроси таъминланмоқда!
янв.21
Миробод туманида "Cайёр қабул": аҳоли муаммолари тингланди ва жойида ҳал этилди
янв.21
“Биродарлик” МФЙда хавфсиз маҳалла доирасида видеокузатув тизими кенгайтириш чоралари кўрилади
янв.21
Депутат фаолияти: Маҳалла тинчлиги ва қарорлар ижроси эътиборда
янв.21
“Депутат аралашуви билан болалар майдончаси, оналар боғи тартибга келтирилди”
янв.21
“Миробод тумани прокурори, ҳоким ўринбосари ва депутатларнинг биргаликдаги қабули бўлиб ўтди”
янв.21
“Депутат аралашуви билан болалар майдончаси, оналар боғи тартибга келтирилди”
янв.21
Mirobod tumanida doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Халқ депутатлари Миробод туман Кенгаши депутати А.Ахмедовнинг “Салор” МФЙда
янв.21
“Депутат муаммони ўрганди ва ечимини топди”
Olmazor tumanida xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Olmazor tumanida xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

 “Nihol” mahalla fuqarolar yig'inida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva boshchiligida, kotibiyat mudiri D.Raxmatullayev va kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi S.Xashimova, "Nihol" MFY xotin-qizlar faoli O.Xodjayeva hamda Olmazor tumani IIFOMB XPB XQMB guruhi katta inspektori kapitan Sh.Azimova va katta leytenant A.Sabirova bilan birgalikda Olmazor tumanida xotin-qizlar murojaatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan sayyor qabul tashkil etildi.

 Sayyor qabulda mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislar ishtirok etib, xotin-qizlarning erta turmush qurish va uning salbiy oqibatlarini oldini olish, sog‘ligini tiklash, bandligini ta’minlash hamda huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

 Shu bilan birga, okrug deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, xotin-qizlar orasida turmush qurish va ko‘p farzand tug‘ish masalalarida targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbirda deputat ishtirokchilarni yosh oilalar va kelajakdagi onalar uchun ijtimoiy, tibbiy va huquqiy maslahatlar berish orqali oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga chaqirdi. Deputat, shuningdek, xotin-qizlarga farzand tarbiyasi, sog‘lom oilalar qurish va kelajakda oilaviy rejalashtirishda yordam berish uchun kerakli davlat dasturlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari haqida ma'lumot berdi. Targ‘ibot ishlarida jamoatchilikni faol ishtirok etishga chaqirdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, deputat tomonidan taklif etilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.

️ Sayyor qabul yakunida Olmazor tumani IIFOMB XPB XQMB guruhi vakillari tomonidan ishtirok etgan xotin-qizlarga tegishli huquqiy va psixologik tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 11