Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессияда қабул қилинган қарор ижроси таъминланмоқда!
янв.21
Миробод туманида "Cайёр қабул": аҳоли муаммолари тингланди ва жойида ҳал этилди
янв.21
“Биродарлик” МФЙда хавфсиз маҳалла доирасида видеокузатув тизими кенгайтириш чоралари кўрилади
янв.21
Депутат фаолияти: Маҳалла тинчлиги ва қарорлар ижроси эътиборда
янв.21
“Депутат аралашуви билан болалар майдончаси, оналар боғи тартибга келтирилди”
янв.21
“Миробод тумани прокурори, ҳоким ўринбосари ва депутатларнинг биргаликдаги қабули бўлиб ўтди”
янв.21
“Депутат аралашуви билан болалар майдончаси, оналар боғи тартибга келтирилди”
янв.21
Mirobod tumanida doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi.
янв.21
Халқ депутатлари Миробод туман Кенгаши депутати А.Ахмедовнинг “Салор” МФЙда
янв.21
“Депутат муаммони ўрганди ва ечимини топди”
🔰Milliy tiklanish partiyasi tashabbusi bilan “Qizbibi” ziyoratgohida hashar tashkil qilindi!

🔰Milliy tiklanish partiyasi tashabbusi bilan “Qizbibi” ziyoratgohida hashar tashkil qilindi!

👉Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 4-Dalmun saylov okrugidan saylangan deputat O.Sherov va Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar tashabbuskorligida tumandagi “Qizbibi” ziyoratgohida hashar ishlari amalga oshirildi.

👉Jumladan kirib kelayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari munosabati bilan tumandagi 3-son texnikumdagi Milliy tiklanish partiyasi a’zolari hamkorligida “Qizbibi” ziyoratgohi va jome’ masjidi hamda atroflarini tozalab ertangi hayit namozi o‘qiladigan maydonda gilamlar to‘shaldi. Ziyoratgoh atrofidagi daraxtlar oqlanib, yer maydonlari yumshatildi.

👉Bu kabi ezgu tashabbuslar xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analarini avaylashga xizmat qiladi. Milliy tiklanish partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar kelgusida ham davom ettirilib, yurtimiz obodligi yo‘lida xizmat qilishiga ishonch bildiramiz.

Slide 1 of 6