Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MIROBOD TUMANIDA QISH MAVSUMIDA AHOLINI ARZON VA SIFATLI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YAQINLASHIB KELAYOTGAN YANGI 2026-YIL MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHI RAISI SAYLANDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 18-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
AMERIKADAGI NUFUZLI TANLOVDA MIROBODNING 5 NAFAR IQTIDORLI YOSHI YUQORI NATIJA QAYD ETDI
янв.21
MAHALLASIDA SODIR ETILGAN JINOYAT YUZASIDAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI
янв.21
Mirobod tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Bugun milliy istiqlolimiz ramzi, hurlik qoʻshigʻi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 33-yilligidir
янв.21
Barchangizni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichga koʻtarilganini yaqqol namoyon etdi. Xususan, yalpi ichki mahsulot hajmining ilk bor 145 milliard dollardan oshgani xalqimizning fidokorona mehnati, amalga oshirilayotgan islohotlarning toʻgʻri va samarali ekanidan dalolatdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bundan toʻqqiz yil avval 100 milliard dollarlik marrani orzu sifatida koʻrgan boʻlsak, bugun undan ancha yuqori natijalarga erishdik. Bu yutuqlar barqaror iqtisodiy rivojlanish bilan birga mas’uliyatni yanada kuchaytirishni ham taqozo etadi. Biz kelgusida ham hududimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va sogʻlom muhit yaratish yoʻlida Prezidentimiz belgilab bergan vazifalarni izchil amalga oshirishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.