Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirsida yozgi ta’tilni samarali tashkil etish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning asosiy maqsadi ota-onalar ishda bo‘lgan paytda bolalarning vaqtini uyda bekor o‘tkazishining oldini olish, o‘quvchilarni bandligini ta’minlash, ular uchun turli to‘garaklar, oromgohlar va ijtimoiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashishdan iboratdan. Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining deputati R.Qayumov o‘zi saylangan “Sementchi” saylov okrugida joylashgan 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida yo‘lga qo‘yilgan ishlar bilan tanishib, o‘zining tavsiya va maslahatlarini berdi. O‘quvchilarga tadbirlar so‘ngida muzqaymoqlar ulashildi.