Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mirobod tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasining ijrosini ko‘zdan kechirdi
янв.21
MIROBOD TUMANI BAYNALMINAL MAHALLA YETTILIGI BILAN DEPUTATLAR UCHRASHUV O‘TKAZDILAR
янв.21
BAYRAM MUBORAK BO'LSIN
янв.21
MIROBOD TUMANIDA MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN YOZGI OROMGOHLAR DASTURI KUCHAYTIRILADI
янв.21
Mirobod tumanida joylashgan Ruhiy asab kasalliklari markazida davolanuvchi bolalar holidan xabar olindi
янв.21
DEPUTATLAR MUROJAAT YUZASIDAN MUAMMOLARNI TEZKORLIK BILAN HAL ETDILAR
янв.21
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATI VA TUMAN KENGASG DEPUTATI MIROBODOT TUMANIDA IJTIMOIY OBYEKLARDA O‘RGANISH O‘TKAZDILAR
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
XALQ BILAN YUZMA-YUZ MULOQOT — ADOLAT SARI DADIL QADAM
янв.21
“A. AVLONIY” MAHALLASIDA MIROBOD TUMANI HOKIMI ANVAR SAYFUTDINOV BOSHCHILIGIDA FUQAROLAR UCHUN SAYYOR QABUL BO’LIB O’TDI
GAZETA O‘ZI …KERAK!

“Jizzax haqiqati”- “Djizakskaya pravda” gazetalari tahririyati eʼlon qilgan “Agar men gazeta o‘qisam…” tanlovi haqida eshitib, rosti quvondim. Yana biroz o‘ylanib ham qoldim. Sababi, keyingi paytlarda qulog‘imizga tez-tez “Gazeta o‘zi kerakmi?” degan bemaza savollar chalinib, shu savol atrofida bildirilayotgan turli fikrlarga duch kelayapmiz.

Xo‘sh, haqiqatdan ham gazeta o‘zi kerakmi? Men bu savolga ikkilanmay “Ha, kerak” deb javob beraman. Chunki, gazetada haqiqat yoritiladi, u rasmiy manba. Joyida imlo xatolarimizni unga qarab to‘g‘rilab olamiz, kezi kelsa aholini qiynab kelayotgan muammolarga javob topamiz. Bevosita bir necha yil aynan gazetachilik sohasida to‘plagan xulosalarimga ko‘ra, vaqt o‘tib bir kuni tarix yaratiladigan bo‘lsa, aynan bosma ommaviy axborot vositalaridan – gazetadan foydalanilanishi ayni haqiqat. Ha, gazetada chiqadigan har qanday maqola yoki xabar ming chig‘iriqdan o‘tib, keyin bosiladi. Shuning uchun ham gazetaga ishonsa bo‘ladi. Xorij filmlarida qo‘liga eng so‘nggi nashrdan chiqqan gazetani ko‘tarib olib, “Yangi gazeta, unda “falon” maqola eʼlon qilingan!”, deya odamlar orasida chopib yurgan bolakaylarga ko‘zimiz tushadi. Lekin bizda sal boshqacharoq. Bu yerda hech kim gazeta ko‘tarib, boshqalarga targ‘ib qilmaydi. Bir paytlar gazeta va jurnallar savdosi uchun qurilgan maxsus do‘konchalar, endilikda shirin saqichu, gazli ichimliklar sotiladigan joyga aylangan.

Bugun aksariyat mahalliy nashrlarning moddiy ahvoli ham hech kimga sir emas, obuna haminqadar. Ko‘plab muassislarga gazeta, obuna haqida gap ochsangiz, ensasi qotadi. Ular bilib-bilmay maʼnaviyatning, maʼrifatning ildiziga bolta urayotganliklarini his qilisharmikan?

Men gazetalar nisbatan kam mutolaa qilinayotganligi bo‘yicha hamma aybni o‘quvchiga to‘nkab qo‘yish fikridan yiroqman. Balki tahririyat xodimlari yana-da ko‘proq izlanishlari, o‘quvchiga maʼqul mavzularni doimiy yoritib borishlari kerakdir? Ha, menimcha aslida shunday bo‘lishi lozim! To‘g‘ri, endilikda gazetalar aholiga yangilik yetkazish borasida ijtimoiy tarmoqlar bilan bo‘ylasha olmaydi. Shunday bo‘lgach, gazeta sahifalarida tahlilga boy, o‘quvchilarni chalg‘itmaydigan, ularning haqqoniy maʼlumot olishlariga xizmat qiluvchi materiallar ko‘paysa foydadan xoli bo‘lmasdi.

Bu borada yana bir mulohazam – rasmiy gazetalarni davlat tomonidan moliyalashtirish masalasini jiddiy ko‘rib chiqish kerak. Chunki, matbuot bu – eng qulay mafkura quroli. Maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy-didaktik, boy tariximizni gavdalantirgan, bugungi kunimiz va kelajak haqidagi ishonchli mavzular yoritilgan gazetalarning har bir sonini erta tongdan xonadonlarga, barcha tashkilot va muassasalarga bepul yetkazib berish, albatta, o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, gazeta fikrimizni tiniqlashtiradi, dunyoqarashimizni o‘stiradi. Demak, gazeta biz uchun juda KERAK!

Darvoqe, “Agar men gazeta o‘qisam…” tanlovi haqida: Bu tashabbusni o‘z vaqtida eʼlon qilingan hamda jamiyatimizning buguni va ertangi taqdiriga bevosita daxldor bo‘lgan masala sifatida baholayman. O‘ylaymanki, mazkur tanlovga yoshlarimiz, mushtariylar befarq bo‘lishmaydi. Ko‘plab fikrlar, mulohazalar bilan tanishamiz.

Tanlov ishiga omad tilayman!

Said DONISHEV, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati

Slide 1 of 1