Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MIROBOD TUMANIDA QISH MAVSUMIDA AHOLINI ARZON VA SIFATLI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YAQINLASHIB KELAYOTGAN YANGI 2026-YIL MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHI RAISI SAYLANDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 18-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
AMERIKADAGI NUFUZLI TANLOVDA MIROBODNING 5 NAFAR IQTIDORLI YOSHI YUQORI NATIJA QAYD ETDI
янв.21
MAHALLASIDA SODIR ETILGAN JINOYAT YUZASIDAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI
янв.21
Mirobod tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Bugun milliy istiqlolimiz ramzi, hurlik qoʻshigʻi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 33-yilligidir
янв.21
Barchangizni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Deputat munosabati

Zargarlik sanoatining ahamiyati

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan mahalliy sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlab o‘tilgan masalalar va ilgari surilgan har bitta tashabbus mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga, xalqimizning turmush farovonligini yaxshilashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Yurtimizda azaldan qadrlangan zargarlik bugun iqtisodiyotda qo‘shimcha drayver bo‘lishi mumkin. O‘tgan yili bu tarmoqda ishlab chiqarish 200 million dollardan oshgan, eksport 17 foizga o‘sib, 

92 million dollarga yetgan.O‘zbekiston zargarlari uchun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Endi ular yakka tartibdagi tadbirkor maqomida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari bilan savdo qilishlari mumkin bo‘ladi. 

Prezident mutasaddilarga norasmiy zargarlik shoxobchalari faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ma’lumot uchun: viloyatda yagona bo‘lgan “Worldskills Uzbekistan Eksperti” sertifikatini olgan.

  Xususan, Guliston shahrida zargarlik sanoati bo‘yicha Guliston shahrida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazi usta hunarmandi Yeshimbetova Ra’no usta-shogird an’analari asosida yoshlarga qimmat baho metallardan zargarlik buyumlari yasash hunarini o‘rgatib kelmoqda.

Faoliyati davomida 150 dan ziyod shogirdlar tayyorlagan.Guliston shahridagi “Bexruzbek-Shodiyona Kelajagi” MCHJ tomonidan 2024 yilda qiymati 418 mln so‘mlik zargarlik buyumlari ishlab chiqargan. (ishchilar soni 6 ta).Ayniqsa, ushbu yig‘ilishda endi zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkinligi va chet eldan mutaxassis olib kelish xarajatining 2,5 ming dollargacha qismi kamida  5 nafar shogird chiqarish sharti bilan qoplab erilishidan xursand bo‘ldim.Biz deputatlar sanoatdagi bunday rivojlanishlarni albatta qo‘lab-quvvatlaymiz va aholini bunday yangiliklardan, yaratilayotgan imkoniyatlardan tadbirkorlarni xabardor qilish, ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish barchamizning asosiy vazifamiz deb bilamiz.