Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MIROBOD TUMANIDA QISH MAVSUMIDA AHOLINI ARZON VA SIFATLI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YAQINLASHIB KELAYOTGAN YANGI 2026-YIL MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHI RAISI SAYLANDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 18-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
AMERIKADAGI NUFUZLI TANLOVDA MIROBODNING 5 NAFAR IQTIDORLI YOSHI YUQORI NATIJA QAYD ETDI
янв.21
MAHALLASIDA SODIR ETILGAN JINOYAT YUZASIDAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI
янв.21
Mirobod tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Bugun milliy istiqlolimiz ramzi, hurlik qoʻshigʻi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 33-yilligidir
янв.21
Barchangizni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Munosabat

Mamlakatizda barcha pedagogik oliygohlari faoliyati tubdan global darajada takomillashtiriladi. Jumladan, Termiz pedagogika instituti misolida ko‘rilsa, hozirgi fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 6 ta zamonaviy oliy maktab tashkil qilinmoqda.

Fanlar soni optimallashtirilib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga qisqartiriladi, o‘quv yuklamasi esa 20 foizga kamaytiriladi. Yaqin hududlardagi maktablar institutning amaliyot bazalariga aylantiriladi.

Bu yil institutning xorijiy tilsertifikatiga ega bo‘lgan 20 nafar professor o‘qituvchisi Buyuk-Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarda malaka oshirish kurslarida qatnashadi. Kelgusi uch yil mobaynida esa barcha professor-o‘qituvchilar xalqaro malakaoshirish kurslaridan o‘tadi. Bu jarayonlar jahonning "Top-100" talik universitetlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tashkil qilinadi.

Shuningdek, xususiy oliygohlarda pedagogika yo‘nalishlari sifati nazorat qilinadi va aniq fanlar bo‘yicha pedagogik kadrlar tayyorlanishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu tashabbus maktablardagi o‘qituvchi tanqisligini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oliygohning xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi xamda kushimcha ustama olish imkoniyatiga ega buladi

Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.

 

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Avazov