Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MIROBOD TUMANIDA QISH MAVSUMIDA AHOLINI ARZON VA SIFATLI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
YAQINLASHIB KELAYOTGAN YANGI 2026-YIL MUBORAK BO‘LSIN!
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHI RAISI SAYLANDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 18-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
AMERIKADAGI NUFUZLI TANLOVDA MIROBODNING 5 NAFAR IQTIDORLI YOSHI YUQORI NATIJA QAYD ETDI
янв.21
MAHALLASIDA SODIR ETILGAN JINOYAT YUZASIDAN MUHOKAMA O‘TKAZILDI
янв.21
Mirobod tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi
янв.21
Bugun milliy istiqlolimiz ramzi, hurlik qoʻshigʻi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 33-yilligidir
янв.21
Barchangizni 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaymiz!
Joriy yilning 19-fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining ettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 19-fevral kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining ettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

- Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida;

- hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Kengash so‘rovi, tuman Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari tuman Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda
qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” O‘RQ-937-sonli Qonunining ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi VII-5-5-3-50-K/25-sonli qarorining ilovalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;

- tuman mahalliy byudjetining 2025-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, huquqni
muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, tuman tashkilotlari rahbarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Slide 1 of 3