Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: TA’LIM MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILMOQDA.
янв.21
TUMANDA BOG‘LAR PARVARISHI VA EKSPORT MASALALARI DIQQAT MARKAZIDA.
янв.21
Marhamat tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish.
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Marhamat tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
MARHAMAT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z saylov okrugida joylashgan Terakzor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Nihol” nomidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bobojonova o‘z saylov okrugida joylashgan Terakzor mahallasida faoliyat yuritayotgan “Nihol” nomidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat muassasaning o‘quv-tarbiya jarayoni, guruh xonalari, oshxona, tibbiyot xonasi, bolalarning dam olish va mashg‘ulot o‘tkazish maydonlari holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi, bolalarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda ularning har tomonlama kamol topishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi. Muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ularning qobiliyatlarini erta aniqlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, muassasa faoliyatida uchrayotgan ayrim muammo va takliflar ham o‘rganildi. 

Slide 1 of 6