Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YO‘RMADO‘Z MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASIDA ANIQLANGAN MUAMMO AMALIY YECHIM TOPMOQDA
янв.21
BOBUR MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDAN O‘TKAZILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IJTIMOIY SOHA VA MADANIYAT YO‘NALISHLARIDAGI MASALALAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IJTIMOIY SOHA VA MADANIYAT YO‘NALISHLARIDAGI MASALALAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidagi masalalar doirasida shahar xotin-qizlar bo‘limi hamda Madaniyat bo‘limining 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglanib, tegishli masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari, kotibiyati mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, ekspert-maslahat guruhi hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Dastlab, shahar xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Jo‘raboyeva tomonidan 2026-yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Muhokamalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirish hamda oilaviy nizolar va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalari ko‘tarildi. Doimiy komissiya raisi A.Mahkamov bu boradagi ishlarning amaliy natijadorligiga e’tibor qaratdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala sifatida shahar Madaniyat bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashevning to‘qqiz oylik faoliyati yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.

Yig‘ilishda hisobotlarning haqqoniyligi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xotin-qizlar bandligini oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Asosiy e’tibor hisobotlardagi raqamlarga emas, balki amalga oshirilgan ishlarning aniq natijasi va aholi hayotidagi amaliy samarasiga qaratilishi lozimligi qayd etildi.

Slide 1 of 8