Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Yangiobod SHFYda profilaktika inspektorining faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mahallada osoyishta muhitni saqlash uchun aholi bilan muntazam muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, nizoli vaziyatlarni keskinlashishidan oldin bartaraf etish va xavf omillarini aniqlash muhimdir.
Deputat tomonidan mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
— Muammoli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oilalar va fuqarolar bilan qonun doirasida manzilli ishlash;
— Yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
— Mahalla faollari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;
— Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Maqsad — Yangiobod SHFYda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mahallada tinch, osoyishta muhitni mustahkamlash.