Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YO‘RMADO‘Z MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASIDA ANIQLANGAN MUAMMO AMALIY YECHIM TOPMOQDA
янв.21
BOBUR MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDAN O‘TKAZILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IJTIMOIY SOHA VA MADANIYAT YO‘NALISHLARIDAGI MASALALAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
TIL — MILLAT RUHI VA MA’NAVIY MEROSI

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi tasarrufidagi Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism Madaniyat markazida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Tilni asra, millatni asra, kelajagimizni asra” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir 15-sonli “Beshchinor” saylov okrugi deputati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Mutalov Omonulla Nigmatullayevich hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Mo‘minova ishtirok etib, o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ona tilimizning nufuzini yuksaltirish borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Muloqot davomida tilga ehtirom ko‘rsatish, uning boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yosh avlod qalbida milliy g‘urur va ma’naviy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3