Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YO‘RMADO‘Z MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASIDA ANIQLANGAN MUAMMO AMALIY YECHIM TOPMOQDA
янв.21
BOBUR MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDAN O‘TKAZILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IJTIMOIY SOHA VA MADANIYAT YO‘NALISHLARIDAGI MASALALAR TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BOBUR MAHALLASIDAGI MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

25-OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI VA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KÖRSATIŞ HOLATI ÖRGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengashi deputati Şaxnoza Tursunova tomonidan tumandagi 25-oilaviy poliklinika faoliyati tahliliy örganildi. Mazkur örganiş mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida tashkil etilib, aholiga tibbiy xizmat körsatiş sifati, bepul dori vositalari bilan ta’minlaş masalalari hamda mavjud muammolarni bartaraf etiş yuzasidan takliflar körib çiqildi.

📇 Mazkur oilaviy poliklinika tumanning 13, 14, 15, 21- va G-9A mavzelarini qamrab olgan bölib, jami 42 750 nafar fuqaroga tibbiy xizmat körsatib kelmoqda. Şuningdek, poliklinikaga qaraşli hududda joylaşgan oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Özbekiston davlat konservatoriyasi, Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Toşkent davlat transport universiteti talabalar turar joylarida istiqomat qiluvçi qariyb 10 ming nafar talabaga ham tibbiy yordam körsatilmoqda.

🚑 Örganiş jarayonida bepul dori-darmon vositalariga ehtiyoji mavjud bölgan 2 600 nafardan ziyod fuqaro masalasi ham körib çiqildi. Aholining dori vositalaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularni zarur preparatlar bilan öz vaqtida ta’minlaş hamda tibbiy xizmatlar sifatini oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 Şuningdek, poliklinikaning birinçi qavatida Dori-darmon uyuşmasiga qaraşli dorixona taşkil etiş masalasi yuzasidan muassasa boş şifokori tomonidan taklif bildirildi. Deputat Şaxnoza Tursunova uşbu taklifni tegişli taşkilotlarga yetkaziş va masalani belgilangan tartibda körib çiqişga kömaklaşişini ta’kidladi.

Slide 1 of 5