Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 13-“Madaniyat” saylov okrugi deputati B.Xusanov, 18-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati L.Karimova hamda 5-“Yoshlar” saylov okrugi deputati M.Xudoyberdiyeva tomonidan hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari doirasida bolalar maydonchasi qurilishi o‘rganildi.

👥O‘rganish davomida bolalar maydonchasining qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida tashkil etilishi hamda hududning bolalar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishiga alohida e’tibor qaratildi.

🛝Mazkur bolalar maydonchasi Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, uning barpo etilishi mahallada bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sport va turli harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

🔎Deputatlar tomonidan qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlanishi, obyektda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🌳Yosh avlod uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish — muhim vazifalardan biridir.

🤝Xalq vakillari tomonidan hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 4