Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Abdulla Avloniy” mahallasida obodonlik va zamonaviy qiyofa — deputatlik nazoratida

Yangi O‘zbekiston qiyofasini mahallalardan boshlab shakllantirish, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, hududlarni obod va ko‘rkam maskanlarga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan "Abdulla Avloniy" mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Xususan, ko‘chalar va ichki yo‘llarning holati, sanitariya va obodonlik, ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha va jamoat joylarini tartibga keltirish, yoritish hamda infratuzilma holati hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla faoliyatini baholashning "24 ta eng muhim yo‘nalishi va mezoni" asosida hududdagi ishlar tahlil qilindi.

Jarayonda shahar bosh arxitektori M.Boynazarov bilan muloqot qilinib, “Abdulla Avloniy” mahallasining zamonaviy va ko‘rkam qiyofasini shakllantirish, ko‘chalar hamda jamoat joylarini tartibga keltirish, hududni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Asosiy maqsad — hududning tashqi qiyofasini yaxshilash bilangina cheklanmay, aholining kundalik hayotiga qulaylik yaratish, farovonligini oshirish va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash.

Obod mahalla — farovon hayot. Farovon mahalla — Yangi O‘zbekistonning munosib qiyofasi!
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3