Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
янв.21
Terak tagi mahallasida elektr ta’minoti muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
#deputat_nazorati #24_muhim_masala #biriktirilgan_tashkilot
янв.21
Chorchinor mahallasida tibbiy xizmat va bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Депутат назорати
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash, yangi va barqaror ish o‘rinlarini yaratish
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Marg‘ilon shahrida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlik nazoratiga olinmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Azizov tomonidan Yoshlar ishlari agentligi Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i F.Rahimjonovga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda shahar hokimi bilan yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit so‘ragan, ayni vaqtda kredit mablag‘lari hisobidan faoliyat yuritayotgan hamda faoliyatini to‘xtatgan yoshlar haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularga ko‘mak ko‘rsatish va berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanilishini ta’minlash nuqtayi nazaridan nazoratga olindi.

Slide 1 of 1