O‘rganishlar davomida mahalladagi ijtimoiy xodim B.Fozilov tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.
Shuningdek, hududda davlat ta’minotidagi 31 nafar fuqaro, kambag‘allar reyestriga kiritilgan 87 ta oila hamda kambag‘allik chegarasidagi 5 ta oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va manzilli ko‘makning holati o‘rganildi. Jarayonda mavjud holat yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, fuqarolarning deputatlar bilan muloqotini yanada qulay va ochiq tashkil etish maqsadida hudud deputati M.Abdurahmonovaga QR-kod orqali murojaat yuborish imkoniyati hamda fuqarolarni qabul qilish jadvali aks ettirilgan axborot e’lonlari Orolbo‘yi va Mashad mahallalarining ko‘rinarli joylariga joylashtirildi.
Mazkur o‘rganishlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish hamda deputatlarning saylovchilar bilan bevosita muloqotini mustahkamlashga xizmat qiladi.