Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
Mashad mahallasida qonun ijrosi va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirilmoqda!
янв.21
Yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Mashad mahallasida aholi farovonligi va yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova belgilangan ish rejasiga muvofiq Mashad mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi. Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Anvarova hamda Mashad mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ham ishtirok etdilar.
янв.21
Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifati va dori vositalari ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova 21-B. Marg‘inoniy saylov okrugida joylashgan Yangibog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar ijrosi bilan tanishdilar.
янв.21
Ertaga, yaʼni 25-iyun kuni 25-Orolbo‘yi saylov okrugi deputati Abdurahmonova Matlyubaxon Umardjanovna aholi bilan uchrashuv o‘tkazadi va fuqarolarni qabul qiladi.
янв.21
Ertaga, yaʼni 25-iyun kuni 2-Saxovat saylov okrugi deputati Azizov Saidazimxon Nosirxon o‘g‘lining aholi bilan uchrashuv o‘tkazadi va fuqarolarni qabul qiladi.
Fuqarolar murojaati o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi R.Meliqo‘ziev, 16-Qo‘qonboy saylov okrugidan saylangan deputat N.Olimov hamda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi T.Yuldashevlar tomonidan “Qo‘qonboy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, bandlik va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi hamda masalalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Bunday uchrashuvlar aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1