O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalla aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga qaratildi. Hududdagi mavjud ichimlik suvi tarmoqlarining holati, suv ta’minotida uchrayotgan muammolar, aholi murojaatlari hamda tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan ichimlik suvi bosimining pasayishi, ayrim hududlarda suv ta’minotidagi uzilishlar va tarmoqlarni yangilash bilan bog‘liq masalalarga e'tiborqaratildi.