Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov saylov okrugidagi hududda mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimi hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyida ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining "Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi ish rejaga muvofiq boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bugun soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI BUGUN BO‘LIB O‘TADI!
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada shahar hayotining muhim yo‘nalishlariga oid masalalar muhokama qilinib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi.

Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi. Unda Marg‘ilon shahar hokimi Elbek Rustamov, Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Zebixon G‘ofurova, shahar Kengashi deputatlari, ekspert-maslahat guruhi va yoshlar maslahat guruhi a’zolari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, shuningdek, tegishli bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar shaharni kompleks rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xususan, deputatlar tomonidan shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu mablag‘larni eng dolzarb ehtiyojlarga yo‘naltirish bo‘yicha takliflar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan Prezident qarori ijrosi ham sessiya kun tartibidan o‘rin oldi. Mazkur masalalar aholining yashash sharoitlarini yaxshilash va kommunal xizmatlar sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sessiyada shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat ham tasdiqlandi. Bu esa transport infratuzilmasini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Muhokama qilingan yana bir muhim masala “Olmazor tajribasi” asosida Marg‘ilon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi bo‘ldi. Ushbu dastur hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va inflyatsiyani belgilangan prognoz darajasida ushlab turishga qaratilgan Hukumat qarori ijrosi ham atroflicha muhokama qilindi. Mas’ul tashkilotlar oldiga narx-navoning asossiz oshib ketishining oldini olish hamda iste’mol bozorida muvozanatni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.

Sessiya davomida deputatlar har bir masala yuzasidan faol ishtirok etib, o‘zlarining fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalarini bildirdilar. Muhokamalar tanqidiy va konstruktiv ruhda o‘tib, qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligini oshirishga qaratildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, muddatlari belgilanib ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash maqsadida sessiya jarayoni Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda namoyish etildi. Bu esa keng jamoatchilikka Kengash faoliyati bilan yaqindan tanishish va qabul qilinayotgan qarorlar mazmunidan xabardor bo‘lish imkonini yaratdi.

Sessiyada qabul qilingan qarorlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 10