Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFYda Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududda yashovchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida:
🔹 fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi
🔹 aholi murojaatlari tinglandi
🔹 dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
👥 Uchrashuvda tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Ye.Babajanov hamda 9202-harbiy qism harbiylari ishtirok etdi.
📍 Shuningdek, chegaraga yaqin hududlarda:
🔐 harakatlanish tartibi
📄 amal qilinadigan qoidalar
⚠️ xavfsizlik choralari bo‘yicha tushuntirishlar berilib, tegishli tavsiyalar taqdim etildi.
📌 Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy xabardorligini oshirish va xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.