Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.S.Mirzayev tomonidan shahardagi 3-son va 5-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar ichki ishlar organlari tomonidan 2026 yilning o‘tgan to‘rt oyida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov aholi bandligini taʼminlash, xonadonlarda daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida saylov okrugidagi hududlarda oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov tomonidan saylov okrugidagi 20-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2026 yilning 1 may holatiga qadar Marg‘ilon shahri aholisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlar tahlili muhokama qilindi.

Yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, ekspert maslahat guruhi hamda yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Majlisni doimiy komissiya raisi A.Mahkamov olib bordi.

Taqdim etilgan axborotga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki to‘rt oyida Marg‘ilon shahri fuqarolari tomonidan Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga jami 1799 ta murojaat yo‘llangan. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 791 taga yoki 56,3 foizga oshgan. O‘tgan yilning shu davrida murojaatlar soni 959 tani tashkil etgan edi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1443 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 1312 tasi qanoatlantirilgan. 564 ta murojaatdagi masalalar ijobiy hal etilgan. Shuningdek, yuzlab murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish va ma’lumotlar berilgan.
Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning asosiy qismi nafaqa va moddiy yordam tayinlash, gaz ta’minoti, aliment undirish, firibgarlik va surishtiruv ishlari, uy-joy masalalari hamda tibbiy yordam bilan bog‘liq muammolarni tashkil etmoqda. Ayniqsa, tabiiy gaz bosimi bilan bog‘liq muammolar va moddiy yordam masalalari bo‘yicha takroriy murojaatlar soni yuqoriligi qayd etildi.
Hisobotda takroriy murojaatlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Jami murojaatlarning 254 tasi yoki 14,1 foizi takroriy murojaatlar ekani ma’lum qilindi. Eng ko‘p takroriy murojaatlar G‘uriavval, Yangi bog‘, Guliston, Zuhro, Qirguli va Chilonzor mahallalarida kuzatilgan.
Shuningdek, ayrim mahallalarda fuqarolar bilan ishlash tizimi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilindi. Mutasaddilar fikricha, “MFY yettiligi” xodimlari tomonidan murojaatlar bilan ishlashdagi sustkashlik sabab aholi muammolarini mahalla yoki sektor darajasida emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezident Virtual qabulxonasi orqali hal qilishga urinmoqda.

Yig‘ilish davomida murojaatlarni joyida va tezkor hal etish, mahallalarda ommaviy qabullar samaradorligini oshirish hamda fuqarolar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Deputatlarga koʻra, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va murojaatlar sonini kamaytirish uchun eng avvalo joylardagi mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish zarur.

Slide 1 of 7