Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar ichki ishlar organlari tomonidan 2026 yilning o‘tgan to‘rt oyida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov aholi bandligini taʼminlash, xonadonlarda daromad manbalarini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida saylov okrugidagi hududlarda oʻrganish ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli “Shaharlar va boshqa aholi punktlari koʻchalari hamda ichki xoʻjalik yoʻllari infratuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Murojaat ijobiy hal etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov tomonidan saylov okrugidagi 20-maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga Navro‘z MFYning Charxpalak ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar nomidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan shahrimizdagi 2-maktabda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan saylov okrugidagi Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida shahar ichki ishlar organlari tomonidan 2026 yilning o‘tgan to‘rt oyida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Xolmatov hisobot berdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov olib bordi, unda kotibiyat mudiri A.Ermatov doimiy komissiya a’zolari va ekspert maslahat guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

Muhokamalar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktika tizimini kuchaytirish bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilindi.

Hisobotga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki to‘rt oyida Marg‘ilon shahrida umumiy jinoyatchilik darajasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga kamaygan. Agar 2025 yilning shu davrida 222 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 174 tani tashkil etdi. Natijada 48 ta jinoyatning oldi olingan.

Aholisi 261 ming nafardan ortiq bo‘lgan shaharda har 100 ming aholiga 66,6 ta jinoyat to‘g‘ri kelmoqda. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni ham 110 tadan 68 taga tushgan.

Tahlillarga ko‘ra:
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar 11,6 foizga kamaydi;
og‘ir jinoyatlar 32,2 foizga qisqardi;
o‘ta og‘ir jinoyatlar esa 21,1 foizga kamaydi.

Shuningdek, bezorilik, o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlarida ham keskin pasayish qayd etilgan. Xususan, o‘g‘rilik 43 tadan 25 taga, firibgarlik esa 23 tadan 6 taga tushgan.

Shu bilan birga, ayrim turdagi jinoyatlar sonining oshgani ham qayd etildi. Jumladan, og‘ir tan jarohati yetkazish holatlari 3 tadan 4 taga, qotillik jinoyatlari esa 0 tadan 2 taga oshgan.

Mutasaddilar bu holatlar bo‘yicha profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.

Hisobotda oilaviy munosabatlar doirasidagi jinoyatlar alohida tahlil qilindi. O‘tgan to‘rt oy davomida shaharda 6 ta oilaviy jinoyat sodir etilgan. Ularning asosiy qismini tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq holatlar tashkil etgan.

Shuningdek, 34 ta oilaviy zo‘ravonlik holati qayd etilib, 164 nafar xotin-qizga himoya orderlari berilgan. Ularning 137 tasi oiladagi zo‘ravonlik holatlari bilan bog‘liq.

Mutasaddilar notinch oilalar bilan profilaktik ishlarning yetarli darajada tashkil etilmagani bunday holatlarga sabab bo‘layotganini qayd etdilar.

Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik ham kamaygan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 23 tadan 16 taga tushgan.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 6 tadan 4 taga kamaygan. Shu bilan birga, tungi vaqtlarda voyaga yetmaganlarning ko‘ngilochar maskanlarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan 13 nafar muassasa rahbariga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Ichki ishlar organlari tayanch punktlariga olib kelingan voyaga yetmaganlar soni 2025 nafarni tashkil etgan. Ularning ota-onalariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

2026 yilning o‘tgan davrida jami 92 ta jinoyat aniqlangan bo‘lib, ular orasida:
60 ta giyohvand moddalar bilan bog‘liq;
8 ta diniy ekstremizm bilan bog‘liq;
4 ta fohishaxona saqlash;
3 ta noqonuniy qurol saqlash;
2 ta poraxo‘rlik holati mavjud.

Bu yo‘nalishlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettirilayotgani bildirildi.

Shahardagi 50 ta mahalla jinoyatchilik holatidan kelib chiqib toifalarga ajratilgan.
Hozirda:
4 ta mahalla “qizil”;
14 ta mahalla “sariq”;
32 ta mahalla “yashil” toifada faoliyat yuritmoqda.

Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan mavjud muammolar muhokama qilinib, tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 5