🔹Deputat hududdagi Temur Malik ko‘chasi 8-tor 24-uy manzilida tadbirkor Halilov Muhammadjon Tavakkaljon o‘g‘li tomonidan barpo etilayotgan 100 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
🔹O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yaratilayotgan sharoitlar hamda loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔹Mazkur ta’lim muassasasi foydalanishga topshirilgach, hududdagi maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish bilan birga, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratiladi.
🔹Shuningdek, loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Xususiy sektor tomonidan amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadini ko‘paytirishda ham muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.