Jarayon davomida deputat ta’lim muassasasida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan laboratoriyalar, sport zallari, kutubxona hamda talabalar uchun yaratilgan boshqa qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, deputat talabalar bilan bevosita suhbatlashib, ularning o‘qish jarayoni, yashash va ta’lim olish sharoitlari, mavjud muammolar hamda takliflari bilan qiziqdi. Talabalar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.
O‘rganish yakunida ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, talabalar uchun qulay muhitni kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.