Qabul davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan dolzarb muammolar tinglandi hamda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, deputat mahalladagi ijtimoiy soha faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Xususan, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlari o‘rganildi.
Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari doimiy nazoratga olinishi, ularning muammolarini tizimli hal etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.