Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan Do‘stlik MFY, Navbahor ko‘chasidagi 2–19-xonadonlar aholisi tomonidan yo‘llangan murojaat asosida joyiga chiqib o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida navbatdagi o‘rganish ishlari shahardagi Axborot-kutubxona markazida tashkil etildi.
янв.21
Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida A.Navoiy MFYda joylashgan 1-tibbiyot texnikumida bo‘lib, mavjud sharoitlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 27-sentabrdagi qaroriga muvofiq, Chilonzor MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasida manzarali daraxtlarni sug‘orish uchun suv tarmog‘ini tortish ishlari belgilangan edi.
янв.21
6-Xo‘japorso saylov okrugi deputati Gʻ.Madumarov tomonidan hududda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda mavjud infratuzilmaning holatini baholash maqsadida 10-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
23-Chilonzor saylov okrugida deputat E.Yunusov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar

Mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari hamkorligi - tizimli yondashuv va istiqbolli rejalar

 🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tomonidan “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamkorlik munosabatlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

 🔵 Mazkur seminar mahalliy boshqaruv tizimida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlar va mahalla institutlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

 📈 Tadbirda o‘quv kurslari direktori, yuridik fanlari doktori, professor Babakulov Sotiboldi Bobonazarovich kirish so‘zi bilan qatnashib, bugungi kunda mahalliy boshqaruv tizimida kadrlar salohiyatini oshirish, ularning huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.

 💼 Shuningdek, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ravshanbekov Davronbek Ravshanbekovich, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari Abdullayev Ibrohimjon Nig'matillayevich, Usmanov Anvar Baxramovich hamda boshqa tuman kengashlari vakillari va deputatlar so‘zga chiqib, mahalliy Kengash deputatlari va mahalla raislarining o‘zaro hamkorligi, mavjud muammolar va ularning yechimlari, shuningdek istiqboldagi ustuvor rejalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 📁 Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mahalla institutining rolini kuchaytirish hamda davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni ta’minlash borasida qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-28-son Farmoni hamda PF-98-son Farmonlarida mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ularning vakolat va mas’uliyatini oshirish, aholi muammolarini joyida hal etish mexanizmlarini takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

 💬 Seminar davomida aynan ushbu hujjatlar mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, deputatlar va mahalla tizimi vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, hududiy muammolarni aniqlash va ularni tezkor hal etish, aholi bilan muloqotni yanada jonlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.

 🧠 Xususan, deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahallalarda “muammo – tahlil – yechim” tamoyili asosida ishlash, fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi yo‘nalishlar kelgusidagi ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

 ⚙️ Umuman olganda, mazkur seminar mahalliy Kengash deputatlari va mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish hamda hududlarni barqaror rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Slide 1 of 7